Новости

Последние новости

Deputat tomonidan hududda aholini kambagʻallikdan chiqarish borasidagi ishlar holati oʻrganildi.

Oʻrganishlarda mahallada yogʻoch oʻymakorligi yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan viloyatda qolaversa respublikada taniqli mohir hunarmand Shonazar Jumayev faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Bugungi kunda hunarmand tomonidan milliy qadriyatlarimiz boʻlgan yogʻoch oʻymakorligi sanʼatini kelajak avlodga toʻlaqonligicha yetkazish maqsadida 10 dan ortiq shogird tayyorlagan. Oʻrganishlar jarayonida mohir hunarmandning qoʻl ishlari koʻrildi. O'rganishlarda mahallada ishsiz yoshlar hamda maktab bitiruvchilarini kasb oʻrgatishda mohir hunarmand Sh.Jumayevning faoliyatidan samarali foydalanish hamda namunali faoliyatini hududda keng ommalishtirish borasida chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 6