Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati N.Abduraxmanova bugun “Keneges” OFY hududida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan bir qator masalalar muhokama qilindi.
📊 Ko‘tarilgan asosiy masalalar:
▪️ Hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash
▪️ Daydi itlarning ko‘payib ketishi va ularni tartibga solish (ovlash)
▪️ Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir takliflar
▪️ Kelgusida amalga oshiriladigan rejalar
🗣 Deputat tomonidan barcha murojaatlar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
📍 Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.