Новости

Последние новости

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi guruhi tomonidan hududlarda aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar davomida Zarbdor tumanidagi bozorlarda va savdo shoxobchalarida realizatsiya qilinayotgan import go‘sht mahsulotlarining saqlanishi, tashilishi va sotilishi bilan bog‘liq sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi tekshirilishi zarurligi aniqlangan. Shu munosabat bilan, bozorlarda va savdo shoxobchalarida sotilayotgan import go‘sht mahsulotlarining sanitariya-gigiyena holatini o‘rganish va aniqlangan kamchiliklar mavjud bo‘lsa ularni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi. 

Slide 1 of 2