Qabul davomida deputatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar to‘g‘risida aholiga batafsil tushuntirishlar berdi. Jumladan:
⚜️Ijtimoiy sohada olib borilayotgan yangilanishlar;
⚜️Ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar;
⚜️Hududiy infratuzilma va iqtisodiy rivojlanish loyihalari;
⚜️Mahalliy budjet va fuqarolarning huquqiy masalalari bo‘yicha axborotlar.
♻️Deputatlar aholining savol va takliflarini tinglab, ularga batafsil javob berishdi. Uchrashuvlarning asosiy maqsadi – aholini amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish va ularning fikrlarini tinglashdir.