Buloqboshi tumanida 7-9-maktablarda qilinayotgan ishlar va sinf xonalari tuman hokimligi vakillari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining Uchtepa va Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat U.To‘xtaqulov tomonidan borib o‘rganildi. Deputat maktab o‘qituvchilari bilan suhbatda ta’lim dargohida o‘quvchi-yoshlar uchun munosib shart-sharoit yaratish maqsadida va har tomonlama yetuk avlod bo‘lib voyaga yetishi, ularning ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir deb o‘tdi. Deputat tomonidan doimiy nazoratga olingan moddiy-texnik baza, o‘quv xonalari jihozlanishi hamda o‘quvchilarning xavfsizligi va qulayligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilib maktab binosiga kirish qismida bitonlashtirish ishlari olib borilmoqda va o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida maktab ichki binosida xojatxona qurish ishlari davom etmoqda va shu bilan birgalikda muammolarni bartaraf etish, shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun yanada qulay va zamonaviy muhit yaratish choralari ko‘rilmoqda.
Bu esa yosh avlodning har tomonlama yetuk, bilimli va raqobatbardosh bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi