Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 16-Alangtepa saylov okrugidan saylangan deputat T.Berdiyarova tumanda maktabgacha ta’lim sohasining holatini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlarni olib bormoqda.
O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalaridagi moddiy-texnik baza, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-tarbiyaviy jarayon sifati va pedagog xodimlarning malaka darajasi tahlil qilinmoqda. Shuningdek, ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va fikrlari tinglanmoqda.
Deputat T.Berdiyarova ta’lim sifatini oshirish, bolalar uchun yanada qulay muhit yaratish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritishini ma’lum qildi.