Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 11-Sabzipoya saylov okrugidan saylangan deputat Ikromov Sobit Maxmudovich tashabbusi bilan bir guruh fuqarolar uchun Samarqand shahriga madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Tashabbusning asosiy maqsadi — fuqarolarni O‘zbekistonning qadimiy tarixiy yodgorliklari bilan yaqindan tanishtirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va dam olish madaniyatini rivojlantirishdir.
Sayohat davomida ishtirokchilar Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi kabi jahon ahamiyatiga ega obidalarni ziyorat qildilar. Shuningdek, ular Samarqandning milliy hunarmandchilik markazlari va qadimiy bozorlarini ko‘zdan kechirdilar.
Deputat Ikromov Sobit Maxmudovich bunday tadbirlar fuqarolar o‘rtasida bir-birini qo‘llab-quvvatlash ruhini kuchaytirishini, yoshlar va kattalarda tarixga qiziqish uyg‘otishini ta’kidladi.