Deputat o‘zi saylangan hududdagi mahalla yettiligi bilan fuqarolar murojaatlarini tingladi.
Mahalla yettiligi binosida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati N.Ilmurodova, Termiz tuman Xalq deputatlari Kengashi raisi, deputat G.Shafoatova hamda Mahalla yettiligi ishtirokida fuqarolar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida aholining turli ijtimoiy va maishiy masalalardagi murojaatlari tinglandi. Jumladan, fuqarolar:
yoshlar bandligini ta’minlash,
bo‘sh turgan yer maydonlaridan foydalanish,
mahallada sport va madaniyat tadbirlarini ko‘paytirish,
kam ta’minlangan oilalarga ko‘maklashish,
nuroniylar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga zarur sharoitlar yaratish
kabi masalalarni ko‘tardilar.
Deputat har bir murojaatni alohida qayd etib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.