"Vatanparvar" mahallasi fuqarolari uchun qabul tashkil etildi.
2025-yil 24-sentyabr kuni Samarqand shahardagi "Vatanparvar" mahalla fuqarolari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili O. Toshniyozov, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F.Xonkeldiyeva, shahar Kengashi deputati Sh.Musurmonovalar tomonidan qabul tashkil etildi.
Mahalla fuqarolarini qiynab kelayotgan muammolar oʻrganilib, oʻrganish davomida shahar elektr energiya va gaz taʼminoti vakillariga muammolar hal qilish uchun yoʻnaltirildi.
Bundan tashqari sogʻligʻida jiddiy muammosi bor fuqoralarga tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovlari joʻnatilishi aytib oʻtildi.
⚡️ @sam_vil_deputatlari