Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'n yettinchi sessiyasi 22-sentyabr kuni o‘tkaziladi
⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 18-sentyabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o'n yettinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
- “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari X.To‘xtayevning hisoboti;
- viloyatda reproduktiv salomatlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yil yakuniga qadar ko‘riladigan chora-tadbirlar haqida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevning hisoboti;
- Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida;
- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2025-yil hisobidan maqbullashtirilgan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
- yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;
- Bulung‘ur tumanida yuqori iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi ijtimoiy va infratuzilma loyihalari uchun 2025-yilda davlat byudjetida nazarda tutilgan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha manzilli dasturning tasdiqlash to‘g‘risida;
- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 15-avgustdagi “Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida” VII-16-114-7-0-K/25-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
-viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
-boshqa masalalar
⚡️ @sam_vil_deputatlari