Новости

Последние новости

янв.21
Кәмбағаллықты қысқартыў ҳәм халықтың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша тийкарғы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
Өзбекстан Республикасы Президенти Ш.М.Мирзиёев С5+1 форматындағы саммит
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиёев рәсмий сапар менен екинши жаҳан саммитине қатнасыў ушын Қатар мәмлекетиниң Доха қаласына келди.
янв.21
Самарқандта ЮНЕСКО шөлкеминиң мәжилиси өткерилмекте.
янв.21
Сербия Республикасының Президенти Александр Вучичтин 28-октябрь күни Өзбекстан Республикасына келиўи.
янв.21
Мәҳалле бул- кәмбағаллықты қысқартыў, халықтың социаллық жағдайын жақсылаў ҳам раўажландырыў орайы.
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиеевтың Бельгия мәмлекетиниң пайтахты Брюссель қаласына ислеген рәсмий сапары.
янв.21
Депутатлық қадағалаў
янв.21
JAŃA BASQÍSHTA - ASHÍQ, NÁTIYJELI HÁM XALÍQSHÍL JERGILIKLI HÁKIMIYATQA QARAY!
янв.21
Jergilikli Keńes wákillikleri arttırılmaqta
Aholi xavfsizligi — deputatlar e’tiborida!

 Aholi
xavfsizligi — deputatlar e’tiborida!
 

Farg‘ona tuman Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi
doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti muhokamasi
chog‘ida deputatlar tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Ularning eng
muhimlaridan biri — tuman markazidagi “Sanoat”
mahallasi chorrahasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash
, ya’ni piyodalar
va haydovchilar uchun qulay, xavfsiz sharoit yaratish masalasi bo‘ldi. 

Deputatlar tashabbusi va aholi murojaatlari asosida
bu chorrahaga zamonaviy svetofor o‘rnatish ishlari
boshlab yuborildi.
Bu joydan har kuni yuzlab fuqarolar,
bolalar, kattalar va transport vositalari harakatlanadi. Ilgari
bu yerda yo‘lni kesib o‘tish fuqarolar uchun xavfli hisoblanardi. Endilikda esa
yangi svetoforning o‘rnatilishi bilan harakat tartibi aniq belgilanib, odamlar o‘zini
yanada xavfsiz his etadi. 

Bu
faqat texnik o‘zgarish emas — balki deputatlar
xalq ovozini eshitayotgani, har bir murojaat ortidagi inson taqdirini his etayotgani
ning
amaliy ifodasidir.

Deputatlar tomonidan bildirilgan har bir taklif ortida yurtdoshlar manfaati, jamoat
xavfsizligi va tinchlikni ta’minlash maqsadi yotadi. 

“Sanoat”
mahallasi aholisi hamda ushbu hududda joylashgan 19-sonli
umumta’lim maktabida faoliyat olib boruvchi ustozlar ham bu tashabbusni mamnuniyat bilan kutib oldi. Ular
deputatlarga va tuman hokimligi hamda IIB rahbariyatiga o‘z minnatdorligini bildirdi. 

Xalq manfaati yo‘lida qilingan har bir amaliy ish — yurtimizdagi xavfsiz,
tinch va farovon hayotni mustahkamlashga xizmat qiladi!
  

Slide 1 of 4