Ishchi guruhlar tomonidan 1960–1990-yillarda qurilgan 2 va 4 qavatli 73 ta ko‘p qavatli uyning texnik holati, tashqi ko‘rinishi va infratuzilmasi o‘rganildi.
Jarayon davomida uylarning fasadini bazalt qoplamasi bilan yangilash, kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlarini ta’mirlash, isitish tizimini sozlash hamda uy atrofidagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida bir qator muammolar aniqlanib, tegishli tashkilotlarga aniq tavsiyalar va topshiriqlar berildi.
Deputatlar va mutasaddilar tomonidan ishlarning sifatini oshirish, muddatlarga qat’iy rioya etish hamda aholining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, uylarning tashqi qiyofasini yaxshilash, bazalt qoplamasi bilan qoplash, fasadlarni bir xillikka keltirish va obodonlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.