Tadbir davomida deputatlar tomonidan uylarning tashqi fasadini bazalt qoplamasi bilan qoplash jarayonlari, issiqlik tizimlarini sozlash, kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash, shuningdek, umumiy foydalanishdagi joylarni obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijasida ayrim uy-joylarda qurilish va ta’mirlash ishlari belgilangan jadval asosida olib borilayotganligi qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim joylarda ish sifati va muddatlarga doir kamchiliklar ham aniqlandi. Deputatlar tomonidan tegishli tashkilot rahbarlariga bu borada aniqlangan muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi — aholining qulay yashash sharoitlarini yaratish, sovuq mavsumda uylarda issiqlik tizimining barqaror ishlashini ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etishdan iboratdir.