Новости

Последние новости

янв.21
Shomanay rayonın 2026-jılda kompleksli sociallıq-ekonomikalıq rawajlandırıw máseleleri dodalandı
янв.21
Кәмбағаллықты қысқартыў ҳәм халықтың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша тийкарғы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
Өзбекстан Республикасы Президенти Ш.М.Мирзиёев С5+1 форматындағы саммит
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиёев рәсмий сапар менен екинши жаҳан саммитине қатнасыў ушын Қатар мәмлекетиниң Доха қаласына келди.
янв.21
Самарқандта ЮНЕСКО шөлкеминиң мәжилиси өткерилмекте.
янв.21
Сербия Республикасының Президенти Александр Вучичтин 28-октябрь күни Өзбекстан Республикасына келиўи.
янв.21
Мәҳалле бул- кәмбағаллықты қысқартыў, халықтың социаллық жағдайын жақсылаў ҳам раўажландырыў орайы.
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиеевтың Бельгия мәмлекетиниң пайтахты Брюссель қаласына ислеген рәсмий сапары.
янв.21
Депутатлық қадағалаў
янв.21
JAŃA BASQÍSHTA - ASHÍQ, NÁTIYJELI HÁM XALÍQSHÍL JERGILIKLI HÁKIMIYATQA QARAY!
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda

Mamlakatimizda O‘zbekiston — 2030” strategiyasi hamda 2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash borasida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning shaffof va sog‘lom raqobat tamoyiliga asoslangan tizimi, shuningdek, ijtimoiy foydali dasturlar samaradorligini oshirish maqsadida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.  

Shundan kelib chiqib, yuqoridagi hujjat bilan Adliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilgan edi. 

Farmonda belgilangan vazifaning ijrosi o‘laroq, joriy yilning 8-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining “2025-yilda davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Dasturda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ustuvor ravishda inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ta’lim, tibbiyot, ekologiya, qurilish, transport, kommunal xo‘jaligi, bandlik, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va boshqa sohalarning eng dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, tegishli soha va tarmoqlarda mavjud muammolarning ta’sirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan. 

Shuningdek, Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga fuqarolik jamiyati institutlari uchun sayyor qabullar tashkil etish, o‘z faoliyatlariga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yoki fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalar
yuzasidan jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish kabi vazifalar belgilangan.
 

Bu kabi omillar jamiyat hayotining eng dolzarb sohalarida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlanishining huquqiy asoslarini mustahkamlaydi.