Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari A.Ismatov va U.Abdunazarov tomonidan hamkorlikda shahardagi “Buloqariq” MFYda joylashgan 3-son umumta'lim maktabida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Yangi O‘zbekistonda maktabdagi ta’lim va tarbiyaga bo‘layotgan e’tibor, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohatlar va davlatimiz rahbari tomonidan e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun" loyihasini mazmun va mohiyati to‘g‘risida fikr yuritildi. Shuningdek, yoshlar ongini boyitish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash haqida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir doirasida shonli tariximiz to‘g‘risida film namoyish etildi va o‘quvchilar uni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.