Mazkur nufuzli tadbirlarda dunyoning 80 dan ortiq mamlakatidan 2 mingdan ziyod yirik kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar
va moliya institutlari vakillari ishtirok etib, O‘zbekistonning investitsiyaviy muhiti, ustuvor loyihalari hamda yangi iqtisodiy islohotlari yuzasidan fikr almashdilar. Deputat sifatida ta’kidlashni istardimki, investitsiya bu – faqat moliya emas, bu – ish o‘rinlari, oilalarda farovonlik, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar, ilmiy va ta’lim sohasida zamonaviy yondashuvlar demakdir. Xorijiy sarmoyalarning mahalliy hududlarga kirib borishi esa, ayniqsa, viloyat, tuman va mahalla darajasida turmush sifatini oshirishda beqiyos ahamiyatga ega.
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Xolmatova Dilorom Elchiyevna