Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati, "Nuroniy" jamgarmasi shahar bo’limi raisi T.Berdiyev tashabbusi bilan shahardagi faol nuroniylar hamda mahalla hodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Davlatimiz rahbari raisligida 26-may kuni mahalliy "Sanoatni rivojlantirish boʻyicha kelgusidagi ustuvor vazifalar" yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi tafsilotlari va unda belgilangan eng ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati tushuntirilib O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarorida belgilangan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Yig‘ilish so‘ngida nuroniylar mamalakatimizda Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli isloxatlar va bunyotkorlik ishlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.