🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 18-Boston saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Qalandarov Azamat Shermetovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Guliston MFY yoshlar yetakchisi Saparbayev Jamolbek Jaxongiro‘g‘lining faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🤝 Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.