🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 18-Boston saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Qalandarov Azamat Shermetovich tomonidan Guliston mahallasida joylashgan transformatorni xavfsiz holatga keltirish va uning atrofini himoya to‘sig‘i bilan o‘rash masalasi yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasiga murojaat qilindi.
🔧 Deputatlik murojaati asosida mazkur masalani hal etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.
⚡️ Ushbu ishlar aholi, ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta’minlash, elektr jihozlari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda mahallada xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan.
🤝 Deputat tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda.