Новости

Последние новости

янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARONING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🇺🇿
янв.21
🏛 MFY XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
💡 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🚧 KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN YO‘L HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SHOVOT TUMANI XALQ DEPUTATLARI KENGASHI SESIYASIDA HUQUQ-TARTIBOT ORGANI HISOBOTINI ESHITISH JARAYONI QANDAY KECHADI?
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MFY XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MAXsus kunduzgi parvarish va qatnov markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🤝 “AYOLLAR DAFTARI” ORQALI UY-JOY TA’MIRI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR HOLATI O‘RGANILDI
"TASHABBUSKOR HOKIM - KUCHLI KENGASH, XALQ MANFAATI YO‘LIDA HAMKORLIK VA TARAQQIYOT SARI ISHONCHLI QADAM!"
"TASHABBUSKOR HOKIM - KUCHLI KENGASH, XALQ MANFAATI YO‘LIDA HAMKORLIK VA TARAQQIYOT SARI ISHONCHLI QADAM!"

📍 Olmazor tumani hokimi Kudratilla Tulyaganov, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida “Chimboy” mahallasidagi mavjud muammolar va hududda amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🤝 Mazkur o‘rganish avval boshlangan deputatlik nazorati ishlarining mantiqiy davomi bo‘ldi. Dastlab, Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva hamda mazkur hududdan saylangan yangi deputat M.Mirzamahmudov ishtirokida mahalladagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tashabbuslar ilgari surilgan edi.

🔎 Aniqlangan masalalarni chuqur tahlil qilish, ularning sabablarini o‘rganish hamda amaliy yechimlarni ishlab chiqish maqsadida Kengash raisi Sh. Umarxodjayeva tashabbusi bilan tuman hokimi K. Tulyaganovga murojaat qilindi. Muammolarni tegishli mas’ullar ishtirokida joyiga chiqqan holda qayta o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha aniq choralarni belgilash taklif etildi.

🏗 Navbatdagi o‘rganish davomida mahalladagi obodonlashtirish ishlari, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, kommunal infratuzilma holati, maktabgacha ta’lim sohasi hamda qurilish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kommunal soha, maktabgacha ta’lim va qurilish yo‘nalishlariga mas’ul rahbarlarga aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Vazifalarning ijro muddatlarini belgilash, ishlar sifatli bajarilishini ta’minlash hamda topshiriqlar ijrosini nazoratga olishga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Deputatlik nazorati — muammolarni aniqlash, ularning yechimi yuzasidan tashabbus ko‘rsatish va belgilangan vazifalar ijrosini kuzatib borishning muhim mexanizmidir. Bu jarayonda aholi manfaatlarini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish ustuvor ahamiyat kasb etadi.

🤝 “Tashabbuskor hokim — kuchli Kengash” tamoyili asosida tashkil etilgan mazkur hamkorlik vakillik va ijro hokimiyati o‘rtasidagi samarali muloqotning amaliy ifodasidir. Muammolarni birgalikda o‘rganish, mas’ullar oldiga aniq vazifalar qo‘yish va ularning ijrosini nazorat qilish orqali hududdagi dolzarb masalalarni tizimli hal etishga erishish ko‘zda tutilgan.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 4