Новости

Последние новости

янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARONING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🇺🇿
янв.21
🏛 MFY XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
💡 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🚧 KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN YO‘L HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SHOVOT TUMANI XALQ DEPUTATLARI KENGASHI SESIYASIDA HUQUQ-TARTIBOT ORGANI HISOBOTINI ESHITISH JARAYONI QANDAY KECHADI?
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MFY XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MAXsus kunduzgi parvarish va qatnov markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🤝 “AYOLLAR DAFTARI” ORQALI UY-JOY TA’MIRI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR HOLATI O‘RGANILDI
Avtomobil yo‘lidagi ko‘prik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Soliyevga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Markaziy” mahallasi Chirchiq ko‘chasida joylashgan aholi va transport vositalari harakati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘prikning bugungi holati o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida mazkur ko‘prik G‘azalkent shahrining chekka hududida joylashgan Toshga ishlov berish kombinati, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi bir qator korxonalar hamda ushbu hududdagi 6 ta ko‘p qavatli uy-joylarda istiqomat qiluvchi aholini shahar markazi bilan bog‘lab turuvchi muhim infratuzilma obyekti ekani qayd etildi. Ko‘prikdan nafaqat korxona va tashkilotlarga qatnovchi transport vositalari, balki aholi ham muntazam ravishda foydalanib kelmoqda. Shu bois uning texnik jihatdan soz va xavfsiz holatda bo‘lishi hududdagi transport qatnovi hamda aholi uchun qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔵Joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida ko‘prikning ayrim beton plitalarida siljishlar yuzaga kelgani, beton-sement qoplamasining ayrim qismlari o‘yilib, yemirilgani aniqlandi. Shuningdek, inshootning umumiy holatida ma’naviy va ekspluatatsion eskirish belgilari kuzatilayotgani, ayrim qismlarini ta’mirlash va texnik holatini yaxshilash zarurligi qayd etildi. Mazkur holat, avvalo, ko‘prikdan harakatlanuvchi avtotransport vositalari uchun noqulayliklar keltirib chiqarishi, inshootning ekspluatatsiya muddati va harakat xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.

🔵Deputat tomonidan ko‘prikning texnik holatini mutaxassislar ishtirokida batafsil o‘rganish, zarur ta’mirlash ishlarining hajmini belgilash hamda ta’mirlash masalasini mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish belgilandi.

Slide 1 of 5