Новости

Последние новости

янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARONING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🇺🇿
янв.21
🏛 MFY XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
💡 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🚧 KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN YO‘L HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SHOVOT TUMANI XALQ DEPUTATLARI KENGASHI SESIYASIDA HUQUQ-TARTIBOT ORGANI HISOBOTINI ESHITISH JARAYONI QANDAY KECHADI?
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MFY XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MAXsus kunduzgi parvarish va qatnov markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🤝 “AYOLLAR DAFTARI” ORQALI UY-JOY TA’MIRI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR HOLATI O‘RGANILDI
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tumanning “Pargos” mahallasiga istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘maklar o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari, ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlardan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

🔻Bunda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning manzilliligini ta’minlash, fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tegishli ko‘mak choralarini belgilash hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

🔻Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarning murojaat va takliflarini diqqat bilan tinglash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, tibbiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, zarur hollarda texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun munosib sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 1