Новости

Последние новости

янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARONING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🇺🇿
янв.21
🏛 MFY XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
💡 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🚧 KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN YO‘L HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SHOVOT TUMANI XALQ DEPUTATLARI KENGASHI SESIYASIDA HUQUQ-TARTIBOT ORGANI HISOBOTINI ESHITISH JARAYONI QANDAY KECHADI?
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MFY XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MAXsus kunduzgi parvarish va qatnov markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🤝 “AYOLLAR DAFTARI” ORQALI UY-JOY TA’MIRI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR HOLATI O‘RGANILDI
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA O‘TGAN DAVR FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI

Uchrashuvda kommunal xizmatlar, elektr, gaz, ichimlik suvi, “Toza hudud”, obodonlashtirish, bandlik, pensiya ta’minoti hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlari mas’ullari, mahalla yettiligi vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Axborot davomida quyidagi masalalar yoritildi:

Saylov okrugida o‘tkazilgan uchrashuvlar va fuqarolar bilan muloqotlar;

Fuqarolar murojaatlari asosida olib borilgan o‘rganishlar;

Kommunal infratuzilma, elektr ta’minoti, ichimlik suvi va obodonlashtirish masalalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar;

Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan deputatlik nazorati va yuborilgan deputatlik so‘rovlari.

Xususan, Temiryo‘lchilar va Hunarmandlar mahallalarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ichimlik suvi ta’minoti, elektr simtayanchlarini yangilash hamda kommunal va ijtimoiy infratuzilmaga oid muammolar o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan yangi murojaatlar ham tinglanib, ularni hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan ishlash va zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish masalalari belgilab olindi.

Saylovchilar oldida ochiq axborot berish, fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini hal etish choralarini ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2