O‘rganish – sifatli ta’lim va bolalar xavfsizligi yo‘lida!
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O. Yo‘ldashova o‘z saylov okrugidagi 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
🔹 Isitish tizimi – qish mavsumida xonalarni belgilangan haroratda saqlashga tayyorgarlik holati;
🔹 Moddiy-texnik sharoitlar – muassasaning mavjud imkoniyatlari va aniqlangan ehtiyojlar;
🔹 Xavfsizlik masalalari – tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish holati;
🔹 Mavjud muammolar – aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar muhokama qilindi.