Новости

Последние новости

янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARONING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🇺🇿
янв.21
🏛 MFY XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
💡 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🚧 KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN YO‘L HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SHOVOT TUMANI XALQ DEPUTATLARI KENGASHI SESIYASIDA HUQUQ-TARTIBOT ORGANI HISOBOTINI ESHITISH JARAYONI QANDAY KECHADI?
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MFY XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MAXsus kunduzgi parvarish va qatnov markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🤝 “AYOLLAR DAFTARI” ORQALI UY-JOY TA’MIRI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR HOLATI O‘RGANILDI
#24_ta_tavsiya #deputat nazorati

Maktablarda o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi, ularni ommaviy sportga keng jalb etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda. Shu munosabat bilan, Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova Olmaliq shahridagi 10-sonli maktabda bo‘lib, muassasadagi sport infratuzilmasi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratildi:
🔹Maktabning sport zal hamda ochiq maydonlarining holati, sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi va xavfsizlik talablariga mosligi ko‘rib chiqildi.
🔹O‘quvchi-yoshlarning darsdan tashqari vaqtlarda sport to‘garaklariga qanchalik faol jalb etilganligi va qaysi sport turlariga qiziqishi yuqori ekani tahlil qilindi.
🔹Shahar, viloyat hamda respublika miqyosidagi musobaqalarda faol qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab kelayotgan yosh sportchi o‘quvchilarni muntazam rag‘batlantirish tizimi muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida Sevar Qodirova yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni nafaqat dars jarayonlarida, balki sportda ham yuqori natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.

Iqtidorli o‘quvchilarni o‘z vaqtida e’tirof etish va ularga motivatsiya berish — kelajakda ular orasidan jahon shohsuppalarini egallaydigan chempionlar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.

Slide 1 of 5