Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #DeputatNazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 4-“Gulobod” saylov okrugida deputatlik o‘rni bo‘sh (vakant) bo‘lganligi sababli, ushbu hudud aholisining murojaatlari va muammolarini o‘rganish hamda o‘z vaqtida hal etish maqsadida mas’ullar biriktirildi.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Gulobod” mahallasida ijtimoiy xodimning o‘z vakolati doirasida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.

✅ O‘rganish davomida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar va oilalarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy xizmat va ko‘makka muhtoj shaxslarga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamga ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4