Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati

Shu maqsadda hududda infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputat Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Roziqov tomonidan “Ekraz” mahallasida olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan:
hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish,
ichki yo‘llar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlash va ta’mirlash,
aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish,
kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash,
jamoatchilik nazoratini tashkil etish va fuqarolar yig‘ini faoliyatini muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilma obyektlari holatini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va topshiriqlar berildi. Deputatlik nazorati davom ettirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy monitoring olib borilishi qayd etildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5