Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Kengash_faoliyati

Aholiga sifatli dori-darmon vositalarini yetkazib berish hamda tushumlarni nazorat qilish masalalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar.

✅Aholiga sifatli, xavfsiz va belgilangan standartlarga javob beradigan dori-darmon vositalarini yetkazib berish, shuningdek, ularning savdosi va tushumlari ustidan tizimli nazoratni ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Mazkur yo‘nalishda Bandixon tumani Kengashi deputati G.Xolmatova hamda tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar joyiga chiqib nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

✅O‘rganish jarayonida hududdagi dorixonalarda mavjud dori vositalarining sifati, ularning saqlanish sharoitlari, amal qilish muddati, shuningdek, narx-navo siyosatiga rioya etilishi holatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

✅Shu bilan birga, dori vositalarining realizatsiyasidan tushayotgan mablag‘larning hisobini yuritish, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi hamda moliyaviy intizomga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

✅Mazkur nazorat tadbirlari aholining dori-darmon vositalariga bo‘lgan ishonchini oshirish, noqonuniy savdo holatlarining oldini olish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2