Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati S. Sapoyev tomonidan hududda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

 O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uylarni saqlash va boshqarish, umumiy foydalanishdagi joylarning holati, ichki yo‘laklar va yerto‘lalarning tozaligi, hududlarni obodonlashtirish hamda yoritish masalalariga e’tibor qaratildi.

 Shuningdek, boshqaruv tashkilotlari faoliyati samaradorligi, uy-joy mulkdorlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.

 Ko‘p kvartirali uylarni samarali boshqarish, aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratish va umumiy mol-mulkni saqlash qonun talablarining amalda ta’minlanishida muhim ahamiyatga ega.

⚖ Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni. 

Slide 1 of 3