Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
EZGULIK MFYDA ARIQLARNI BETONLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

 
EZGULIK MFYDA ARIQLARNI BETONLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ezgu­lik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududni obodonlashtirish va mavjud sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida ariqlarni betonlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Olib borilayotgan ishlar davomida mahalla hududidagi ariqlar tartibga keltirilib, ularning ichki qismi betonlanmoqda. Mazkur jarayon orqali sug‘orish tarmoqlarining samaradorligini oshirish, suvning belgilangan yo‘nalishda bir maromda oqishini ta’minlash hamda suv yo‘qotilishining oldini olish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, ariqlarni betonlash natijasida ularning uzoq muddat xizmat qilishi, loyqa va chiqindilar bilan to‘lib qolishining oldini olish, hududdagi sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilashga erishiladi.

Ariqlarning betonlanishi mahalladagi xonadonlar va qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bilan ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, sug‘orish mavsumida suvdan oqilona va samarali foydalanish, mavjud suv resurslarini tejash imkoniyati yanada kengayadi.

Aholi vakillari bilan suhbatlar davomida hududdagi sug‘orish tarmoqlarini yaxshilash, ariqlarni toza va soz holatda saqlash hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Hozirda Ezgulik MFY hududida ariqlarni betonlash va obodonlashtirish ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda. Mazkur ishlarning yakunlanishi bilan hududning ko‘rinishi yanada obod bo‘lib, aholi uchun qulay sharoitlar yaratilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 1