Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan fuqaro Sh.Yusupovaning xonadonini ta’mirlash masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Axmedov tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi asosida Qo‘qon shahar To‘xlimergan MFY, Bog‘chachilik ko‘chasi, 33-uyda yashovchi fuqaro Sh.Yusupovaning uy-joyini ta’mirlash masalasi tegishli tashkilot tomonidan o‘rganib chiqildi.

Taqdim etilgan rasmiy javobda ma’lum qilinishicha, fuqaroning uy-joyini ta’mirlash uchun “Saxovat va Ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan ajratilgan mablag‘ qurilish-ta’mirlash materiallarini xarid qilish bo‘yicha tegishli reja-jadvalga kiritilgan. Mablag‘lar belgilangan tartibda o‘zlashtirilgach, zarur qurilish-ta’mirlash materiallarini xarid qilish ishlari amalga oshirilishi bildirilgan.

Shuningdek, qurilish materiallari xarid qilingandan so‘ng fuqaroning xonadonida ta’mirlash ishlari belgilangan tartibda tashkil etilishi va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi qayd etilgan. Ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ta’mirlash ishlari Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi nazoratida ekanligi ta’kidlangan.

Mazkur masala deputat nazoratida qoladi. Qurilish materiallarining xarid qilinishi va ta’mirlash ishlarining amalda bajarilishi yuzasidan monitoring olib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi