Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_sorovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "14-O'rikzor" okrugi deputati Abdushukurov Abdurashid Abduraximovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Ko‘ksaroy mahalla fuqarolar yig‘ini faollari tomonidan mahalla hududidagi Navro‘z, Bositxon va Tong ko‘chalarining 7 800 kvadrat metrdan ziyod qismini asfalt qoplamasi bilan qoplashda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat qilinganligi qayd etilgan.

🕯 Mazkur murojaatni deputatlik nazorati tartibida o‘rganib, ko‘rsatilgan ko‘chalarning holati, asfalt qoplamasi bilan qoplash imkoniyati, zarur mablag‘ va moliyalashtirish manbalarini aniqlash, shuningdek, mazkur ko‘chalarni asfaltlash ishlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lsa, ishlarni qaysi muddatda boshlash va yakunlash mumkinligi, tegishli dasturga kiritish talab etilsa, qaysi muddatda va qanday tartibda amalga oshirilishi yuzasidan aniq ma’lumot hamda belgilangan muddatda asosli javob taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3