Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
DAVLAT MUHOFAZASIDAGI 128-SONLI MAKTABDA MADANIY MEROS OBYEKTINI ASRASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li hamda komissiya a’zosi Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan tumandagi davlat muhofazasiga olingan 128-sonli maktab hududida o‘rganish ishlari olib borildi

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan talablar ijrosini o‘rganish, madaniy meros obyektining saqlanish holatini baholash hamda uni muhofaza qilishga qaratilgan. https://www.lex.uz/uz/acts/-4262171


O‘rganish davomida obyektning umumiy saqlanish holati, tarixiy-me’moriy qiyofasiga rioya etilishi, bino va uning hududida olib borilgan yoki olib borilishi rejalashtirilgan ta’mirlash hamda qurilish ishlarining belgilangan muhofaza talablariga muvofiqligi, shuningdek, madaniy meros obyektiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik o‘rganishlari tarixiy va madaniy ahamiyatga ega obyektlarni asrab-avaylash, ularning asl qiyofasini saqlash, ulardan qonunchilik talablariga muvofiq foydalanish hamda madaniy merosni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4