Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Zanggilambop mahallasida bandlik masalasi hamda tibbiy xizmat holati o'rganildi

Zanggilambop mahallasida bandlik masalasi hamda tibbiy xizmat holati o'rganildi

Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov tomonidan kunlik ish reja ijrosi doirasida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Yarmatov hududiga qarashli 22-Zartepa saylov okrugida Zangilambop mahallasida o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish davomida mahallada tashkil etilgan tikuvchilik sexi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur sexda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni daromadli mehnatga jalb etish, ularning bandligini ta’minlash hamda oilaviy daromadlarini oshirish maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratilgani qayd etildi.

Shuningdek, aholining salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida ikki mahallaga biriktirilgan patronaj xodim faoliyati o‘rganildi. Suhbat davomida aholiga tibbiy-profilaktik xizmatlar ko‘rsatish, ehtiyojmand fuqarolar holidan muntazam xabar olish va zarur hollarda bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Bunday amaliy ishlar mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning salomatligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning izchil davom ettirilayotganini ko‘rsatadi.

Slide 1 of 1