Новости

Последние новости

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
“YANGI AVAYXON” MAHALLASIDA FAVQULODDA VAZIYATLAR PROFILAKTIKASI VA MAHALLA “YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI

#19_1_Modda_ijrosi

❗️ “YANGI AVAYXON” MAHALLASIDA FAVQULODDA VAZIYATLAR PROFILAKTIKASI VA MAHALLA “YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, Kengash deputatlari hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirokidagi o‘rganishlar davom ettirildi.

🔺 O‘rganishlarning navbatdagi manzili “Yangi Avayxon” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Deputatlar mahallada aholi bilan ishlash tizimi, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.

♻️ Jarayonda mahalla “yettiligi” vakillari bilan suhbatlashilib, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

💡 Shuningdek, mahallaga biriktirilgan favqulodda vaziyatlar profilaktikasi inspektorining ish faoliyati va xizmat xonasi bilan tanishildi. Inspektor tomonidan aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalarini targ‘ib qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda xavf-xatarlarni barvaqt aniqlashga qaratilgan ishlar yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.

📋 Ayniqsa, kuz-qish mavsumida xonadonlarda isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish, elektr va gaz jihozlarini ishlatishda ehtiyot choralariga rioya etish hamda aholi o‘rtasida tushuntirish-profilaktika tadbirlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔍 O‘rganish davomida mahalla “yettiligi” va favqulodda vaziyatlar profilaktikasi inspektori o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda mahallalarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6