Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri
N. Ubaydullayev, Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va
M. Abdulmajidov tomonidan Namangan shahridagi 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, muassasaning umumiy holati hamda mavjud masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur jarayon Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalar asosida deputatlik nazoratini joylarda tashkil etish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish va aniqlangan masalalarni tegishli tartibda muhokama qilish vazifalari bilan uyg‘un holda olib borildi.

Shuningdek, Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida sohaga oid qonunchilik talablari ham ko‘rib chiqildi.
Jumladan, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-595-son, 2019-yil 16-dekabr, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr hamda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-901-son, 2024-yil 1-fevraldagi talablar asosida tegishli yo‘nalishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan tegishli taklif va tavsiyalar belgilab olindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.
 

Slide 1 of 6