#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — TAJRIBA, MA’RIFAT VA YOSHLAR SHIJOATI UYG‘UNLIGI
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida Yakkasaroy tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
🤝 Tadbirda Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi raisi Talip Sayfullayev, Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari O. Rixsiboyev, faxriylar, nuroniylar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
🗣 Samimiy va mazmunli muloqot davomida mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, xalq farovonligini yuksaltirish, nuroniylarni e’zozlash hamda yosh avlodni vatanparvar, bilimli va barkamol insonlar etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.
🔺 Uchrashuvda Rustamxon Kalanov so‘zga chiqib, avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, nuroniylarning boy hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish va milliy qadriyatlarni asrab-avaylashda bunday tadbirlarning o‘rni beqiyos ekanini qayd etdi. Shuningdek, yoshlarni zamonaviy bilimlarni puxta egallash, ajdodlarimizning ilmiy va ma’naviy merosini chuqur o‘rganish hamda Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga da’vat etdi.
📉 Muloqot davomida katta hayotiy tajribaga ega faxriylarning ibratli hayot yo‘li, fidokorona mehnati va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoshlar uchun muhim hayot maktabi ekani alohida ta’kidlandi. Nuroniylar talabalarga o‘z maslahat va tavsiyalarini berib, maqsad sari qat’iyat bilan intilish, vaqtni qadrlash va jamiyat hayotida faol ishtirok etish zarurligi haqida so‘z yuritdilar.
📚 Tadbir doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ilm-fan, kitobxonlik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb qilish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasalari va mahallalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
💬 Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, faxriylarning hayotiy tajribasi va tavsiyalari yuzasidan fikr almashdilar. Ular buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish, puxta bilim egallash va yurt ravnaqiga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
💠 “Uch avlod uchrashuvi” nuroniylarning boy hayotiy tajribasini yosh avlodga yetkazish, milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash, yoshlarning maqsad va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularda Vatanga sadoqat va daxldorlik tuyg‘usini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash