Новости

Последние новости

🏠 IJTIMOIY REYESRGA KIRITILGAN OILANING IJTIMOIY HOLATI O‘RGANILDI

🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 12-Arbob saylov okrugidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati Nurjanova Matluba Odamboevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Arbob mahallasi raisi va ijtimoiy xodim bilan birgalikda mahalladagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, davlat ta’minotidagi oilaning ijtimoiy holatini o‘rgandilar.
🔎 O‘rganish davomida oilaning sharoiti va mavjud ehtiyojlaridan kelib chiqib, xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun artezian quduq masalasi, shuningdek, bolalar nafaqasi olish holati ko‘rib chiqildi.
📌 Aniqlangan masalalarni hal etish va oilaga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.