Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
RAVNAQ MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA CHORALAR BELGILANDI

RAVNAQ MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA CHORALAR BELGILANDI

2026-yil 17-sentabr kuni o‘tkazilgan “Deputatlar kuni” doirasida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyat mudiri 

N. Ubaydullayev tomonidan Ravnaq MFYda yashovchi fuqaro Eranov Abdusattor bilan uchrashuv o‘tkazilib, uning murojaatida ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi.

Muloqot davomida fuqaro tomonidan shahardagi ko‘chalarni nomlash va raqamlash bo‘yicha belgilarni o‘rnatish, viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi hamda ko‘p qavatli uylar atrofida avtoturargohlar tashkil etish, maishiy va yirik hajmli chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, shuningdek, 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldidagi chiqindixona atrofida maxsus to‘siq o‘rnatish masalalari ko‘tarildi.

Murojaatda bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish olib borish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash masalalari belgilab olindi.

Shuningdek, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Namangan shahar hokimining o‘rinbosari F. Mirzaboyevga deputatlik so‘rovi yo‘llanib, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Kengashga yozma axborot taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan har bir masalani manzilli o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 3