Новости

Последние новости

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
"Olvalizor" mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda

"Olvalizor" mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda

Namangan shahrining "Olvalizor" mahallasi "og‘ir toifa"dagi mahalla sifatida tanlab olinib, hudud infratuzilmasini tubdan yaxshilash hamda aholi turmush sifatini yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Loyihaga muvofiq, mahalladagi 3,5 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash, 140 dona temir-beton elektr ustunini o‘rnatish, 1 dona 400/6/0,4 kV quvvatdagi transformator punktini (TP) barpo etish hamda 

3,9 kilometr SIP kabel tortish ishlari rejalashtirilgan. Mazkur qurilish-montaj ishlari "Prom Strogen" MCHJ tomonidan belgilangan loyiha asosida olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamalov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari hududga tashrif buyurib, bunyodkorlik ishlari borishi bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish me’yorlariga rioya etilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif, fikr va murojaatlar tinglandi. Muloqot davomida hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, infratuzilmani yanada takomillashtirish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlash, ichki yo‘llar holatini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda mahallaning zamonaviy va obod qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish va mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan jamoatchilik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6