Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_guruhlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "22-Vatan" okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich tomonidan Fuqarolarning murojaatlari asosida tumandagi Vatan mahallasi hududidagi 52-ko‘p qavatli uy oldida joylashgan bolalar o‘yingohida ba’zi bir o‘yin jixozlari yaroqsiz holga kelgani shuningdek, uning atrofini obodonlashtirish va tartibga keltirish zarurligi yuzasidan chiqarilgan deputatlik so'rovi bo'yicha Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 So‘rovda ko‘rsatib o‘tilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganligi, o‘rganish natijalariga ko‘ra, Uchtepa tumani Vatan mahallasi hududidagi 52-sonli ko‘p kvartirali uy oldida joylashgan bolalar o‘yin maydonchasini zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilganligi qayd etilgan.

📆 Mazkur bolalar o‘yin maydonchasini qurish va ta’mirlash ishlari boshqaruv servis kompaniyasining tegishli dasturiga kiritilgan holda, 2027-yil 1-mayga qadar amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lum qilindi hamda imzolangan hujjati olindi.

Slide 1 of 1