Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-“Yangi obod” saylov okrugidan saylangan deputat G.Paygamova tomonidan “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududda mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Jumladan, A.T.Xuqandiy mavzesi, 110-uy, 40-xonadonda yashovchi, II guruh nogironi Komilova Dilshodahon bepul davolanish uchun yo‘llanma ajratish hamda yashab turgan uy-joyini ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazishda amaliy yordam ko‘rsatish masalasida murojaat qildi.

Murojaat yuzasidan fuqaro bilan batafsil suhbat o‘tkazilib, mavjud holat va masalaning yechimi bilan bog‘liq jihatlar o‘rganildi. Deputat tomonidan murojaatni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur amaliy choralarni ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Fuqaroning murojaati deputat nazoratiga olinib, uning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6