Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Bank kreditlari bo‘yicha qarzdorlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-“Yangi obod” saylov okrugidan saylangan deputat G.Paygamova tomonidan saylov okrugi hududidagi “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaga biriktirilgan “Sanoat qurilish banki” agentlari faoliyati, fuqarolarning bank oldidagi kredit majburiyatlari, mavjud qarzdorliklarni undirish hamda qarzdorlikni bosqichma-bosqich kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Bank agenti Xakimova Gulchexrahon tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshida mahalla hududidagi fuqarolarning bank oldidagi kredit qarzdorligi jami 67 million so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida olib borilgan ishlar natijasida 34 million so‘mlik kredit qarzdorligi undirilgan. Natijada fuqarolarning bank oldidagi mavjud kredit qarzdorligi 33 million so‘mga kamaygan.

O‘rganish jarayonida qolgan qarzdorliklarni undirish yuzasidan ham tegishli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi. Jumladan, qarzdor fuqarolar bilan individual tartibda tushuntirish va muloqot ishlari tashkil etilib, mavjud kredit majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5