Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Yuqori Bog‘onali mahallasida ishchi guruh tashkil etildi

Yuqori Bog‘onali mahallasida ishchi guruh tashkil etildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 18-saylov okrugi deputati Kilichov Ma’ruf Mamurjonovich tomonidan Yuqori Bog‘onali mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish holatini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tashkil etildi.
👥 Ishchi guruh tarkibi:
🔹 Xudayarov Mahmud — MFY raisi;
🔹 Turayev Arshiddin — hokim yordamchisi;
🔹 Ijtimoiy xodim — vakant;
🔹 Annakulova Mohigul — otinoyi;
🔹 Mallayev Jalil — nuroniy.
📌 Ishchi guruh tomonidan:
🔹 mahalladagi ishsiz fuqarolar va kambag‘al oilalar holatini o‘rganish;
🔹 aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish imkoniyatlarini aniqlash;
🔹 ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarni aniqlash;
🔹 xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylarning mavjud muammolarini o‘rganish;
🔹 mahalladagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari holatini o‘rganish;
🔹 aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
bo‘yicha ishlar olib boriladi.
📋 O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan muammolar deputatlik nazoratiga olinib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli takliflar kiritiladi.
🤝 Maqsad — mahalladagi mavjud muammolarni manzilli o‘rganish, fuqarolarning bandligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda aniqlangan muammolarning amaliy yechimiga erishish. 

Slide 1 of 1