Новости

Последние новости

янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7-Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov tomonidan o‘zi saylangan Nurli diyor MFY hududida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 4-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayoniga mutaxassis T. Murodov jalb etilib, mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, oilalarni barqaror daromadga chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning natijadorligiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar va amaliy takliflar berildi.

Slide 1 of 2