Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugi hududidagi “Yoyilma” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugiga qarashli “Yoyilma” mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoiti, bandligi va daromad manbalari manzilli o‘rganildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mehnatga layoqatli fuqarolar bandligini ta’minlash, oilalarning doimiy daromad manbalarini shakllantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijadorligini baholashdan iborat bo‘ldi.

Deputat va mahalla mas’ullari ishtirokida ijtimoiy reyestrda qayd etilgan oilalarning holati xonadonbay o‘rganilib, ularni qiynayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlar va ehtiyojlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4