Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati N.Hamidova tomonidan Sardoba tumani Xalqaobod mahallasida joylashgan Texnikum talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarning ta’lim olishi, darslarga davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda maktabda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.
Muloqotda mahalla nuroniysi va mahalla xotin-qizlar faoli ham ishtirok etib, yoshlarni ma’naviy-ma'rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kelajakdagi maqsadlarini belgilash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat jarayonida o‘quvchilarga bilim olishga mas’uliyat bilan yondashish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, kasb-hunar va oliy ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash hamda kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bitiruvchilarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida maktab, mahalla va ota-onalar hamkorligini yana-da mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va yuksak ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.
Asosiy maqsad — bilimli, ma’naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan va kelajakda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdir.

Slide 1 of 3