Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi muhokama qilindi

“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanishga ruxsat berish masalasi ko‘rib chiqildi.

Masala yuzasidan Namangan shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar eshitildi. Ta’kidlanganidek, ehtiyojmand oilalar, davlat ta’minotidagi hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Muhokamalar davomida ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordam samaradorligini oshirish hamda manzilli nazoratni kuchaytirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 3