Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
📌 CHINOZDA BARQAROR ISH O‘RINLARINI YARATISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR NAZORATDAN O‘TKAZILDI



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-sentabrdagi PF-193-son Farmoni ijrosi doirasida tumanda barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda bandlikni ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📊 Shuningdek, har bir ehtiyojmand oila va ishsiz fuqaro bilan manzilli ishlash, ularni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va daromad manbalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi muhokama qilindi.
🤝 Kotibiyat mudiri tomonidan shtab faoliyatining samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

📌 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan.

Slide 1 of 3