Новости

Последние новости

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov tomonidan tumanning “Xo‘jakent” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi R.Amonov faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

🔺O‘rganish davomida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar bilan ishlashda manzilli yondashuvni ta’minlash, har bir oilaning mavjud imkoniyat va ehtiyojlarini aniqlash hamda mehnatga layoqatli oila a’zolarini munosib ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Xususan, oilalarda ishsiz yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatli fuqarolarni aniqlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha imkoniyatlar o‘rganildi.

🔺Shuningdek, har bir oilaning holatidan kelib chiqib, ularni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan amaliy choralarni belgilash muhimligi qayd etildi. Amaldagi tartibga ko‘ra, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar uchun individual rejalar ishlab chiqilib, ularda oila farovonligini ta’minlashga qaratilgan tegishli xizmat va qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.

🔺O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar bilan ishlashni yanada kuchaytirish, ularning muammolarini xonadonbay o‘rganish, har bir oila uchun aniq natijaga yo‘naltirilgan choralarni belgilash va belgilangan vazifalar ijrosini muntazam kuzatib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1